“ANATOM ART” TANLOVI O‘TKAZILDI
12.05.2026 Поделиться➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya va gistologiya kafedrasida talabalar ishtirokida “Anatom Art” tanlovi tashkil etildi.
➤ Tanlov davomida talabalar anatomiya faniga oid ijodiy ishlari, qo‘l mehnati asosida tayyorlangan anatomik rasmlar, maketlar hamda zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgan vizual loyihalarni namoyish etdilar.
➤ Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:
“Anatomiya galereyasi”
“Anatomik tekstura”
“Vizual anatomiya”
“Anatomiya estetikasi”
➤ Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng faol va iqtidorli ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
➤ Mazkur tanlov talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda anatomiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.









