Yangiliklar

YOSHLAR YUTUG‘I — INSTITUT FAXRI

12.05.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari turli fan olimpiadalari va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

➤ Toshkent davlat tibbiyot universitetida tashkil etilgan “DentArt-2025” xalqaro tanlovida institutimiz talabasi Nurmagambetov Iqlas 2-o‘rinni egalladi.

➤ Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan iqtidorli talabalari o‘rtasidagi Kimyo fani bo‘yicha “Rektor kubogi” ochiq olimpiadasida: Bauetdinov Ruslan — 1-o‘rin, Jumabaev Asqar — 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➤ Zarmed universiteti tomonidan tashkil etilgan “Zarmed-2026” II xalqaro olimpiadasida Bauetdinov Ruslan — 1-o‘rin, Turımbetova Miyassar — 3-o‘rin, Alimjanova Aynura — 3-o‘rin, Xabibullayeva Aziza — 3-o‘rinni egalladi.

➤ O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O. Xalimov ham ishtirokchilarni samimiy qutlab, ularning nufuzli fan olimpiadalari va xalqaro tanlovlarda erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com