Fotogarereya,Yangiliklar

“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

30.04.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar jumladan, stol tennisi, voleybol, basketbol va gandbol sport turlari bo‘yicha o‘g‘il va qizlar o‘rtasida institut bosqichi o‘tkazildi. Musobaqalarda talabalar o‘z jamoalari sharafini munosib himoya qilish uchun yuqori faollik va katta ishtiyoq bilan ishtirok etdilar.

🤝Tadbirda institutning turli kafedralarida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.

⚡️Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, chaqqonligi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda sport mahoratini yuqori darajada namoyon etishdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com