QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI QOZOG‘ISTONDA TA’LIM SAFARIDA BO‘LIB QAYTDI
01.05.2026 Поделиться▪️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari Qozog‘iston Respublikasidagi Asfendiyarov universitetida akademik mobillik (talabalar almashinuvi) dasturi asosida tahsil olib qaytishdi.
📚 Mazkur dastur doirasida institut talabalari bir haftalik o‘quv jarayonida ishtirok etib, zamonaviy ta’lim usullari, ilg‘or tibbiy yondashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
▪️Shuningdek, talabalar xorijiy tengdoshlari bilan tajriba almashib, xalqaro akademik muhitda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.



