Yangiliklar

“OILA – MUQADDAS QO‘RG‘ON” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

29.04.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova, institut inspektori T.Qarlibaeva hamda Nukus shahar FHDYo bo‘limi boshlig‘i S.Pirnazarovalar so‘zga chiqdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan oilaning jamiyatdagi o‘rni, oila qadriyatlarini asrash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com