SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
29.04.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida shaxmat sport turi bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada institutning iqtidorli talaba o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar belgilangan tartib asosida 5 turdan iborat tarzda o‘tkazildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Baxitjanov Samandar
🥈 2-o‘rin – Bobojanov Shahriyor
🥉 3-o‘rin – Shamuratov Danyar
Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Koniratbaeva Nazokat
🥈 2-o‘rin – Qalilaeva Dilnoza
🥉 3-o‘rin – Qallibekova Gulzira
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.







