Yangiliklar

QTIda «To‘maris izdoshlari» tanlovi bo‘lib o‘tdi

21.04.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

20 aprel kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «To‘maris izdoshlari» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov ochib berdi. Tanlovning asosiy maqsadi, institutda tahsil olayotgan talaba qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy an’analarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish.

Ishtirokchilar to‘rt shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, unda 1-shart salomnoma, 2-shart sport mahorati, 3-shart birinchi tibbiy yordam, 4-shart yugurish va darts sharti bo‘yicha bellashdi. Bu tanlov nafaqat sport va ta’lim musobaqasi, balki talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishdan iborat.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com