QTIda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
03.04.2026 Поделиться▪️Bugun, 3-aprel kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash!» nomli musiqiy-xoreografik konsert dasturi shuningdek, «Talabalar bahori» festivali doirasida sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbirda oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari, taniqli ziyolilar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, institut atrofidagi mahallalarning aholisi, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
👏Bayram tadbirida institut rektori O.Xalimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilar va mehmonlarni ulusning ulug‘ kuni, sharq xalqlarining yangilanish va yosharish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.








