Yangiliklar

Ma’rifiy uchrashuv | 🩺 “Birgalikda hayotni saqlaymiz”

28.03.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlar ishtirokida mazmunli va foydali ma’rifiy-tushuntirish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lish va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Zaripova Muxabbat Sarsenbayevna tibbiy madaniyat, to‘g‘ri ovqatlanish hamda shaxsiy gigiyenaning ahamiyati haqida qimmatli tavsiyalar berdi.

📌 Shuningdek, tibbiyot sohasi mutaxassislari amaliyot shifokorlari Baymurzayeva B. va Qurbanuyazova G. va institut simulyacion markazining trenerlari tomonidan yoshlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy maslahatlar berildi. Ular sog‘lom turmush tarziga amal qilish, kasalliklarning oldini olish va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligini alohida ta’kidladilar.

➤ “Birgalikda hayotni saqlaymiz” mavzusi doirasida donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi beqiyos o‘rni haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Donorlik – bu nafaqat yordam, balki insonparvarlikning eng oliy ko‘rinishi ekanligi e’tirof etildi.

✨ Bunday uchrashuvlar yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat kabi muhim qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

https://t.me/QMI_XotinQizlar_Kengashi

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com