Yangiliklar

Muhim uchrashuv | Yangi imkoniyatlar

27.03.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida sayyor qabul va ochiq muloqot o‘tkazildi.

🎓 Unda Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari, institut rahbariyati, tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirok etib, ilmiy faoliyatni rivojlantirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

💡 Uchrashuv davomida:

🔹 Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatini oshirish

🔹 Doktorantura va ilmiy ishlarni yozish tartibi

🔹 Ilmiy daraja va unvonlar berish tizimidagi yangiliklar

🔹 Kengashlar faoliyatining samaradorligi

kabi yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🗣 Shuningdek, yosh olimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, taklif va fikr-mulohazalar bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✨ Bunday ochiq muloqotlar institutda ilmiy muhitni yanada mustahkamlab, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com