Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston…
27.03.2026 ПоделитьсяRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarga vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “O‘zbek qizi” badiiy filmi taqdim etildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Film Ikkinchi jahon urushi davrida yashagan o‘zbek qizi haqida.Bu shunchaki urush filmi emas. Unda ayollar ham erkaklar kabi mard bo‘lishi va urushning haqiqiy yuzi nafaqat qahramonlik, balki uning azoblari haqida ham so‘z yuritilgan.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube




