Fotogarereya,Yangiliklar

“El-yurt umidi” — kelajak sari muhim qadam!

24.03.2026

👁 8 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasida yoshlar bilan muhim va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori O. Xalimov ochib berib, jamg‘arma vakillarini tanishtirdi hamda bunday uchrashuvlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida alohida to‘xtaldi.

💬 Uchrashuv davomida jamg‘arma mutaxassislari xorijiy oliygohlarda ta’lim olish imkoniyatlari, stipendiya tanlovlari, hujjat topshirish tartibi va talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🌍 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ta’lim — bu nafaqat imkoniyat, balki kelajakni bunyod etuvchi eng muhim omildir. Har bir iqtidorli yosh uchun dunyoning nufuzli universitetlari eshigi ochiq.

🤝 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, yangi imkoniyatlar haqida tushunchaga ega bo‘ldilar va o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishga ilhomlandilar.

✨ “El-yurt umidi” — bu shunchaki dastur emas, bu kelajak liderlari uchun katta imkoniyatlar maydoni!

Imkonyatlardan foydalanish uchun 🔗 Website: Eyuf.uz orqali batafsil tanishing!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com