Talaba qizlar uchun reproduktiv salomatlik mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13.03.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda kelajakdagi oilaviy hayotga ongli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Talaba qizlar uchun reproduktiv salomatlik va ongli hayotga tayyorgarlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova, Respublika perinatal markazida ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, hozirda kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan S. Bazarova hamda assistent Z. Berdimuratova talaba qizlar bilan uchrashib, muhim tibbiy mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Suhbat davomida erta turmush qurishning salomatlikka ta’siri, homiladorlik davrida ayol organizmiga e’tibor berish, reproduktiv salomatlikni asrash, kelajak avlod sog‘lom bo‘lishi uchun zarur tibbiy tavsiyalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv talaba qizlarning sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik va kelajakdagi onalik mas’uliyatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



