Talabalar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi
12.03.2026 ПоделитьсяBugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanini chuqurlashtirilgan holda o‘qiyotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maqsadda 12-mart kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Teach For Uzbekistan tashkiloti vakili Yodgor Inomjonov ishtirok etib, loyiha doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Suhbat davomida tibbiyot sohasi bitiruvchilari hamda biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mamlakatimizning chekka hududlarida faoliyat yuritish, o‘z bilim va tajribalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi.
Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda hududlarda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



