“Munozara”da fikrlar qarama-qarshiligi
28.02.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida fakultetlar o‘rtasida munozara o‘yini tashkil etildi.
“Ekologik muammolar iqtisodiyot o‘sishiga to‘sqinlik qilmaydi” hamda “Bola tarbiyasida ota-onaning roli ustozdan ustun” mavzularida jamoalar dalil, misol va ilmiy yondashuvlar asosida o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar. Savol-javoblar jarayonida qarama-qarshi fikrlar tahlil qilinib, mantiqiy asoslashga alohida e’tibor qaratildi.
Natijada talabalar o‘rtasida bahs-munozara madaniyati shakllandi, ijtimoiy va tarbiyaviy masalalar bo‘yicha bilimlar kengaydi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Ushbu bahsli fikrda sizning fikringiz qanday?
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube




