Ta’lim muhitida xavfsizlik va o‘zaro hurmat – ustuvor vazifa
25.02.2026 ПоделитьсяBugun, 25-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim muhitida xavfsizlik, o‘zaro hurmat va kasbiy mas’uliyatni yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir institutda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, pedagog va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ta’lim jarayonida odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratildi.
🔹 Uchrashuvni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Z. Alewov ochib berdi va olib bordi.
🔹 Unda rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Erimbetova, Respublika Oila markazi raisi M.Utepbergenov hamda institut profilaktika inspektori T.Qarlibayeva ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, pedagoglar va talaba-yoshlar o‘rtasida qonunchilik tamoyillariga hurmatni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, xavfsiz, o‘zaro hurmat va ochiq muloqotga asoslangan sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish har bir pedagogning kasbiy burchi ekani qayd etildi.
📚 Tadbir davomida:
✔️ Pedagog xodimlarning kasbiy etikasi
✔️ Talaba-yoshlar bilan muloqot madaniyati
✔️ Xizmat vazifalarini bajarishda mas’uliyat
✔️ Odob-axloq mezonlariga rioya etish masalalari keng muhokama qilindi.
Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ta’lim jarayonida ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda pedagoglarning kasbiy etikasi va mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube






