“Rektor va Yoshlar” – ochiq muloqot va yangi tashabbuslar maydoni

26.02.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan — har Payshanba kunini “Yoshlar kuni” etib belgilash tashabbusi asosida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Rektor va Yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori O. Xalimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va ta’lim sohasidagi yangilanishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarning bilim olishi, o‘z ustida ishlashi va tashabbus ko‘rsatishi davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish ekani ta’kidlandi.

🏆 Shuningdek, tadbir davomida Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adabiyot osmonidagi ikki yuldiz” tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan institut jamoasi samimiy tabriklandi.

💡 Uchrashuvning eng muhim qismi — talabalarning startap loyihalari va tashabbuslari taqdimoti bo‘ldi. Yoshlar o‘z g‘oyalarini bayon etib, amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Tegishli mas’ullarga loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Rektor va Yoshlar” uchrashuvi — ochiq muloqot, qo‘llab-quvvatlash va yangi g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ldi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com