Fotogarereya,Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “ZAKOVAT” intellektual turnirining I-turi bo‘lib o‘tdi!

19.02.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

18-fevral kuni institutimizda mantiqiy savollar asosida tashkil etilgan “ZAKOVAT” intellektual turnirining ilk bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Talabalar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorligini namoyon etib, qizg‘in bahs-munozaralar ostida bellashdilar. Har bir savol ishtirokchilardan chuqur tafakkur va aniqlik talab qildi.

📊 Turnir natijalari bilan yoqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

🔔 Eslatib o‘tamiz, “ZAKOVAT” turniri 5 turdan iborat bo‘lib, II-tur o‘yinlari ikki haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!

Bilim va tafakkur — eng katta kuch!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com