Bugun, 13-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Olima ayollar – e’tiborda” mavzusida…
13.02.2026 ПоделитьсяBugun, 13-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Olima ayollar – e’tiborda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda institutning Pediatriya kafedrasi mudiri A.Matkarimova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, tibbiyot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan olima ayollarning hayotiy va ilmiy tajribasi, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirni institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova olib bordi. U o‘z nutqida ayol olimalarning jamiyat va tibbiyot rivojidagi o‘rni, ularning ilmiy salohiyati, matonati va kasbiga sadoqatini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, ustozlarning boy tajribasi va ilmiy faoliyati talabalarga yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, ustozlarga hurmat va ayol olimalarga bo‘lgan e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



