Yangiliklar

“Ilmda mening orzularim” — talaba-qizlar ijodida aks etgan kelajak!

05.02.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

2026 yil 5 fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Ilmda mening orzularim” mavzusida suratlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talaba-qizlar o‘zlarining intellektual salohiyati, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va kelajak orzularini badiiy tasvirlar orqali ifodaladilar. Asarlarda ilm-fanning turli yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar va ezgu maqsadlar yorqin aks etdi.

Ayniqsa, “Tasviriy san’at va qalam” yo‘nalishi talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

🏆 Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin — Xo‘jageldiyeva Laylo

2-o‘rin — Barlixboyeva Oysanam

3-o‘rin — Nazarboyeva Shakarbonu

G‘olib va ishtirokchi barcha talaba-qizlarni samimiy tabriklaymiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com