Yangiliklar

Tarix va madaniyatga sayohat

05.02.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining bir guruh talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Ushbu muzey o‘zining boy tarixi va betakror eksponatlari bilan nafaqat yurtimiz, balki butun mintaqa uchun muhim ilmiy-ma’naviy maskan hisoblanadi.

Muzey tarixi 1929-yilda Qoraqalpog‘iston o‘lkashunoslar jamiyati tomonidan To‘rtko‘lda tashkil etilgan ilk ko‘rgazmadan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda Nukus shahrida faoliyat yuritmoqda. Hozirda muzey fondida 65 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.

Talabalar, shuningdek, tabiat bo‘limida allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan qushlar va hayvonlarning tulumlari bilan yaqindan tanishib, tarix va tabiatning bebaho merosiga guvoh bo‘lishdi.

Bu tashrif talabalarning tarixiy tafakkurini boyitib, Vatanga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com