Tajribali shifokorlar Qoraqalpog‘istonda!
03.02.2026 ПоделитьсяBugundan boshlab 3-7-fevral sanalari oralig‘ida Bolalar milliy tibbiyot markazidan (Toshkent) kelgan tajribali shifokorlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida barcha yoshdagi bemorlarni qabul qilib, bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar beradi.
🫥 Salomatlik aksiyasi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bemorlar qabul qilinmoqda:
▪️ Kardiojarrohlik
▪️ Nevrologiya
▪️ LOR
▪️ Bolalar jarrohligi
▪️ Neyroxirurgiya
▪️ Bolalar urologiyasi
▪️ Bolalar onkogematologiyasi
▪️ Plastik jarroh
Barcha ko‘rik va maslahatlar bepul amalga oshiriladi!
✅ Aksiyaning asosiy maqsadi – Qoraqalpog‘istonlik bemorlarning sog‘lig‘ini joyida tiklash, uzoq yo‘l bosib poytaxtga borish zaruratini kamaytirish va «uzoqni yaqin qilish.»
Tekshiruvlardan o‘tish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha
Ma’lumot uchun: +998905954959, +998974047679
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube






