Talaba-qizlar “Zakovat” intellektual bellashuvida
20.12.2025 Поделиться2025-yil 19-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 2-medicina fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva hamda tyutorlar tashabbusi bilan talaba-qizlarning bilim saviyasi va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalar Ayimxon Shamuratovaning uy-muzeyiga sayohat qilishdi. Ushbu ma’naviy muhitda talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etdilar. O‘yin davomida yoshlar orasida sog‘lom raqobat, shijoat va g‘alabaga bo‘lgan intilish yaqqol sezildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar eng ko‘p mutolaa qilinadigan badiiy kitoblar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbir talaba-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ma’naviy rivojiga xizmat qildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube


