Yangiliklar

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” — QTIda profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

03.12.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida:

🔸 Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Zo‘ravonlikning turlari, unga olib keladigan omillar va uning oqibatlari haqida ma’lumot berildi.

🔸 Muammoli vaziyatlarda kimga murojaat qilish mumkinligi, yordam olish mexanizmlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Uchrashuvlarda talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Profilaktik suhbatlar yoshlar orasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash va ular huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com