Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovi doirasida…

22.11.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovi doirasida talabalarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlagan ilmiy, ijodiy va amaliy taqdimotlari namoyishi davom etmoqda.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilmoqda:

• “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”

• “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”

• “Yilning eng faol ixtirochi–innovator talabasi”

• “Yilning eng faol sportchi talabasi”

• “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”

• “Yilning eng faol ijodkor talabasi”

• “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”

✨ Har bir nomzod o‘zining erishgan yutuqlari, ilmiy izlanishlari, ijtimoiy-ma’naviy loyihalari va tashabbuslarini taqdim etib, jamiyatdagi faolligini hamda shaxsiy salohiyatini namoyish etadi.

📝 Hakamlar hay’ati tanlov nizomidan kelib chiqib, taqdimotlarni puxta o‘rganib, talabalar erishgan natijalarni obyektiv va adolatli baholomoqda. Baholash jarayonida talabalarning ilmiy-amaliy faolligi, ijtimoiy tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari hamda liderlik qobiliyatlari inobatga olinmoqda.

“Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovi yoshlarning ijodkorligi, bilimga chanqoqligi va yangilikka intilishiga kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com