Rahbariyatning rasmiy bayonotlari va chiqishlari,Yangiliklar

O‘zbekiston – Germaniya Rektorlar Forumi: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!

18.11.2025

👁 10 marta ko‘rilgan

18–19 noyabr, Berlin shahri

Bugun va ertaga Berlin shahrida O‘zbekiston hamda Germaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida yirik xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot Instituti rektori Olimbay Xalimov hamda institutning assistenti Talgat Temirbayev ham qatnashmoqda.

🔹 Forum doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvlari tashkil etilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq va amaliy qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.

Kelgusida yo‘lga qo‘yiladigan loyihalar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

• Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qo‘shma akademik dasturlar va ilmiy loyihalar

• Qo‘shma ilmiy laboratoriya yoki markazlar tashkil etish

• Qisqa muddatli stajirovkalar, ma’ruzalar, seminar va mahorat darslari almashinuvi

• Investitsiya, grantlar hamda ta’lim sohasidagi eksport imkoniyatlarini kengaytirish

Bu tashabbuslar nafaqat O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni kuchaytiradi, balki yoshlar uchun zamonaviy bilim va tajriba almashinuviga keng yo‘l ochadi.

Mazkur forum davomida Germaniyada bo‘lib turgan institut rektori Olimbay Xalimov, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan sana munosabati bilan, butun xalqimizni Qoraqalpog‘iston Tibbiyot Instituti rektorati va mehnat jamoasi nomidan samimiy muborakbod etdi.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com