Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim sifati yangi bosqichda!
24.10.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayoniga xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlikdagi amaliy ishlar davom etmoqda.
2025-yil 23-oktyabr kuni Qozog‘istonning S.D. Asfendiyarov nomidagi milliy tibbiyot universiteti taniqli olimlari Kimyo kafedrasi mudiri, x.i.d., professor Mirzaqoja Diyas, M.A. Aytxojin nomidagi Molekulyar biologiya va biokimyo instituti bosh direktori, b.f.d., professor Sharipov Kamalidin institut talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.
Ma’ruzalar jarayonida zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar, tibbiy kimyo va biokimyo fanlaridagi innovatsion yondashuvlar, hamda xalqaro tajribalar asosida o‘qitish uslublari keng yoritildi.
Bu kabi hamkorliklar institutda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, yosh mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube


