Yangiliklar

Tinchlik posbonlari – xalq osoyishtaligi himoyachilari!

25.10.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 25-oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan barcha fidoyi xodimlarni, ayniqsa Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga biriktirilgan profilaktika inspektori podpolkovnik Qarlibayeva Tursinayni chin qalbdan tabriklaymiz!

T.Qarlibayeva o‘z xizmat faoliyati davomida institut talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni huquqiy ong va madaniyat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda.

U tomonidan tashkil etilgan profilaktik uchrashuvlar, huquqiy targ‘ibot tadbirlari va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida olib borilgan tashabbuslar natijasida talaba-yoshlar orasida ijtimoiy faollik, qonunlarga hurmat, sog‘lom turmush tarzi va fuqarolik mas’uliyati yanada mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, T.Qarlibayeva xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlari bilan institut jamoasi hurmatini qozongan.

Hurmatli T.Qarlibayeva va barcha ichki ishlar organlari xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt va sharafli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz – yurt osoyishtaligi, xalq tinchligi va yoshlar kelajagi uchun xizmat qilmoqda!

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com