Yangiliklar

Adabiyot va ma’naviyat – hayot manbai!

17.10.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma’rifiy uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir so‘ngida mashhur yozuvchi va shoirlar institut hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini, zamonaviy klinika sharoitlarini hamda tibbiyot sohasining yuksak sur’atlarda rivojlanayotganini kuzatishdi.

Mehmonlar “Salomatlik marafoni” tashabbusining xalq salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishdagi muhim ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.

Shuningdek, ijodkorlar institutning “Eko-volontyorlar” jamoasi bilan birgalikda institut hududiga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirida ishtirok etishdi. Ushbu ramziy qadriyat – nafaqat tabiatni obod etish, balki yoshlar qalbiga ma’rifat urug‘ini ekish, ularni ezgulik va yaratuvchanlikka chorlovchi ezgu amaliyot bo‘ldi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning tafakkurini boyitish, ularni adabiyot, madaniyat va milliy qadriyatlarga mehr ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lib, bu uchrashuv talabalarga katta ilhom va ma’naviy kuch bag‘ishladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com