QTI volontyorlari — xalq salomatligi yo‘lida fidoyi xizmatda!
13.10.2025 ПоделитьсяXabaringiz bor, joriy yilning 2–31-oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda keng ko‘lamli “Salomatlik marafoni” izchil davom etmoqda. Ushbu ezgu tashabbusda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham faol volontyor sifatida qatnashib, aholiga bevosita ko‘mak berishmoqda.
Har kuni klinika va poliklinikalarga bo‘linib faoliyat olib borayotgan yoshlar fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan qulay o‘tishlari uchun tartibni ta’minlash, zarur bo‘limlarga yo‘naltirish hamda ko‘rsatmalar berishda yordam ko‘rsatishmoqda.
“Har bir insonning sog‘lom bo‘lishi yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarning bir bo‘lagi bo‘lish — biz uchun faxr va mas’uliyatdir,” — deydi QTI talabasi, volontyorlar jamoasi a’zosi Diyorbek Odilov.
Bunday yoshlarning fidokorona xizmati jamiyatda mehr-oqibat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube


