Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlarimizning ma’naviy dunyosini rivojlantirish, milliy…
03.10.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlarimizning ma’naviy dunyosini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, iqtidorli talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy «Dáwir qızları» tanlovi o‘tkaziladi!
Tanlovda 1-2 fakultet talaba-qizlari o‘zaro bellashib, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyish etadi.
📌 Shartlar quyidagicha:
1️⃣O‘zini tanishtirish – shaxs va dunyoqarashni ko‘rsatish.
2️⃣Sahna ko‘rinishi – hayotdan olingan qiziqarli voqealar, milliy qadriyatlar asosida yechim topish, oiladagi munosabatlarda madaniy yondashuv, milliy urf-odatlar ko‘rgazmasi.
3️⃣Erkin mavzu – ishtirokchi o‘z iste’dodiga ko‘ra raqs, qo‘shiqchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik va boshqa yo‘nalishlarda mahorat ko‘rsatishi.
4️⃣»Talabalik bir kunim» videoroligi – talaba hayotining zavqi va mas’uliyatini aks ettirgan ijodiy ish.
G‘olib ishtirokchiga qimmatbaho sovg‘a va diplom topshiriladi!
Tanlov sanasi: 10-oktyabr, soat 14:00
❓ Barcha savollar uchun Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi @n_jienbaeva ga murojaat qilishingiz mumkin.
✨ Aziz talabalar! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – iste’dodingizni namoyon eting, yorqin xotiralarga ega bo‘ling!
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
