Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Xon atlas” tadbiri bo‘lib o‘tdi

19.09.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar ongida urf-odat hamda an’analarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida, institut xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida:

✨ talaba-qizlar tomonidan yaratilgan milliy ruhni o‘zida mujassam etgan taqinchoqlar ko‘rgazmasi,

✨ o‘ziga xos dizaynlari bilan yoshlar auditoriyasini zabt etgan “tulimshaq_style” brendi asoschisi, tadbirkor ayol G. Xojanovaning ishtiroki tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

U o’zining nutqida milliy matolarimiz — “Atlas” va “Adras” ning yaratilish tarixi, betakror bezaklari va ularning bugungi kundagi qo‘llanilishi haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.

“Xon atlas” festivali nafaqat talaba-yoshlarning ma’naviy olamini boyitdi, balki ularda milliy qadriyatlarga mehr va e’tiborni yanada kuchaytirdi.

Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘ururni uyg‘otib, qadimiy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com