Yangiliklar

“Qalqon” guruhlari hamkorligi — yoshlar huquqiy madaniyati yo‘lida yangi bosqich

12.09.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

🗓 11-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida muhim qadam tashlandi — talaba-yoshlarni ma’naviy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qalqon” guruhlari hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Tadbirda profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda “Qalqon” guruhlari a’zolari ishtirok etib, yoshlarni salbiy oqimlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

🔑 Memorandumning asosiy maqsadi:

• ikki oliy ta’lim muassasasi “Qalqon” guruhlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

• profilaktika va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;

• yoshlar orasida sog‘lom muhit va ijtimoiy faollikni oshirish.

📌 Uchrashuv yakunida kelgusida muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar, davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✨ Ushbu hamkorlik nafaqat “Qalqon” guruhlari, balki barcha talaba-yoshlar uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com