Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida chet ellik abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi
27.08.2025 ПоделитьсяO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi qaror asosida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 26-avgust sanasida Institut rektori O. Xalimov rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida institut talabasi bo‘lish istagini bildirib hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat tashkil etildi.
📌 Suhbat jarayonida nomzodning bilim va qiziqishlari, shuningdek, tibbiyot sohasiga bo‘lgan munosabati o‘rganildi.
Bu kabi qadamlar institutning xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim sifatini yanada oshirish va iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlaridan dalolat beradi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube


