Shumanayda aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
20.08.2025 ПоделитьсяJoriy yilning 19-avgust kuni Shumanay tumani sport maktabi binosida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashabbusi bilan Dehqonobod QFY aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda institut II-tibbiyot fakulteti dekani N.Gaipbayev, xotin-qizlar psixologi M.Ismailova hamda fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Jienbaevalar ishtirok etdi.
📌 Tadbirda:
• Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston taraqqiyoti uchun qabul qilingan so‘nggi qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi;
• yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va davlat dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berildi;
• ota-onalarning taklif va fikrlari tinglandi.
✨ Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
👉 Tadbir aholi va yoshlar uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube


