Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha seminar
13.08.2025 ПоделитьсяO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshligi Sh. Jiemuratova olib bordi. U farmonning mazmun-mohiyatini, ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni, hamda davlat hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha xodimlarning mas’uliyatini batafsil tushuntirib berdi.
✅ Seminarda institut xodimlariga:
• Ijro intizomini ta’minlashning yangi mexanizmlari;
• Nazorat va monitoring tizimidagi o‘zgarishlar;
• “ijro.gov.uz” platformasi orqali ishlash tartibi;
• Sun’iy intellekt texnologiyalari orqali nazorat imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.
📌 Tadbir yakunida xodimlar o‘z faoliyatida farmon talablarini amalda qo‘llash va ijro intizomini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube


