Yangiliklar

«Dolzarb 90 kun» doirasida sport – sog‘lom hayot sari qadam! 🏓♟

07.08.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlarga sog‘lom turmush tarzini singdirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida muntazam ravishda turli yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu kabi tashabbuslardan biri – «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari bo‘lib, institut sport zalida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🎯 Tadbirning bosh maqsadi – talabalarda jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhiti yaratish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

📌 Eng quvonarlisi, mazkur sport tadbirlari muntazam davom ettirilishi va boshqa sport turlari bo‘yicha ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa institut yoshlari orasida sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com