QTI faol yoshlari tarixiy Buxoroda!
18.07.2025 Поделиться📍 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Talabalar kengashi tashabbusi bilan faol talabalar uchun Buxoro shahriga unutilmas sayohat tashkil etildi.
Institut rektoratining yoshlar uchun ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va madaniy hordiq chiqarishini samarali tashkil etish maqsadidagi tashabbusi asosida uyushtirilgan ushbu safar davomida:
📌 Talabalar qadimiy Buxoroning betakror tarixiy-me’moriy obidalari bilan yaqindan tanishishdi;
📌 Ko‘hna shahar qadamjolarida bo‘lib, ajdodlarimizning boy madaniy merosiga guvoh bo‘lishdi;
📌 Har bir ishtirokchi o‘zi uchun yangi bilimlar, taassurotlar va ijobiy ruhda kayfiyat oldi.
✨ Ushbu tashabbus faol yoshlarda vatan tarixiga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada oshirdi!
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube



