Yangiliklar

QTIda «Dolzarb 90 kun» doirasida «Bir talabaga – bir loyiha» to‘garagi ish boshladi

17.07.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlarni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish va ularning startap loyihalarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida institutda o‘tkazilayotgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida «Bir talabaga – bir loyiha» nomli o‘quv to‘garagi tashkil etildi.

Ushbu to‘garakning asosiy vazifasi – har bir talabani o‘z ta’lim sohasi doirasida innovatsion g‘oyani ishlab chiqishga undash, ushbu g‘oyani mustahkamlab, uni startap loyihaga aylantirish uchun amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

To‘garak a’zolari tajribali murabbiylar rahbarligida o‘z g‘oyalarini shakllantirib, biznes-reja tuzish, texnologik yechimlarni ishlab chiqish, shuningdek, investorlar uchun jozibador startap sifatida taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com