«Baxtli oila sari» – mustahkam oilalar bellashuvi! 🏆
30.05.2025 Поделиться2025-yil 30-may kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida pedagog-xodimlar o‘rtasida «Baxtli oila sari» shiori ostida qiziqarli tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlov quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
«Oila kvesti»,
«Sevimli taomni birgalikda tayyorlash»,
«Barchangiz uchun rahmat!»,
«Biz sportchi oilamiz» – estafeta sport bellashuvlari.
Bu tadbir mehr-muhabbat, hurmat, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kabi qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
1-o‘rin – Jamuratovlar va Xabipovlar oilasi
2-o‘rin – Sultonovlar oilasi
3-o‘rin – Turdibekovlar oilasi
G‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.