Yangiliklar

Institututda ilmiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan monitoring ishlari olib borilmoqda

08.05.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

2025-yil 8-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining borishi yuzasidan monitoring ishlari o‘tkazilmoqda.

📌 Monitoring doirasida:

• Davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalarning ijro holati;

• Loyihalarda ishtirok etuvchi tadqiqotchilarning faollik va samaradorlik darajasi;

• Xorijda ilmiy stajirovka o‘tagan yosh olimlarning keyingi ilmiy faoliyati;

• Ilmiy tadqiqotlar uchun sotib olingan asbob-uskunalardan foydalanish holati batafsil o‘rganildi.

✅ Ushbu monitoring tadbirlari ilmiy loyihalarning aniq va maqsadli amalga oshirilishi, tadqiqotchi kadrlarning samarali faoliyat yuritishi hamda innovatsion infratuzilmaning to‘g‘ri yo‘naltirilishiga xizmat qiladi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com