«Sportchi — yurt himoyachisi» shiori ostidagi yuksak ma’naviyat va motivatsiyaga boy uchrashuv!
08.05.2025 ПоделитьсяBugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yoshlar qalbida sportga mehr uyg‘otish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, g‘alabaga intilish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida sportchi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida sportning «Belbog‘li kurash» turi bo‘yicha 3 karra Jahon chempioni Shajenova Sevara Aybek qizi, 1 karra Jahon chempioni Alimbayeva Moldir Jambil qizi hamda ularning murabbiyi Saduakasov Bokenbay Nasratdinovich institutimizga tashrif buyurdi.
🔹 Yuzma-yuz muloqot, chempionlar bilan samimiy suhbat yoshlar qalbida katta motivatsiya uyg‘otdi.
🔹 Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z. Aleuov ochib berdi va sportchilar yutuqlari ortidagi fidokorona mehnat, matonat va sabr haqida so‘z yuritdi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarimizga ilhom, ruhiy ko‘tarinkilik va sog‘lom hayot sari dadil qadam tashlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi!





