Yangiliklar

«Ismingiz qalblarda mangu yashaydi» mavzusida mardlik tarixi darslari o‘tkazildi

06.05.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

2025-yil 6-may kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Ismingiz qalblarda mangu yashaydi” mavzusida mardlik tarixi darslari tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning jasorati va fidoyiligini yoshlarga yetkazish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Darslarda urush faxriylari, front orti mehnatkashlari, O‘zbekistonlik harbiylarning jasoratli yo‘li haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar, faxriylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv orqali yoshlar qalbida iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ulari uyg‘otildi. Tadbir yoshlarda tarixiy xotiraga hurmat bilan qarash, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com