Vatan tarixi — yodda, yoshlar qalbida!
08.05.2025 Поделиться8-may kuni, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining I va II tibbiyot fakulteti tyutorlari — N.Jiyenbayeva, Sh.Xilalova, A.Abubakirov va P.Mamutova tashabbusi bilan talabalar uchun Vatanparvarlar bog‘iga ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida talabalar qatag‘on yillarida qurbon bo‘lgan ma’rifatparvarlar, sovet davrida jabr chekkan yurtdoshlarimiz, hamda bog‘ hududida joylashgan tarixiy muzey haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning Vatanga muhabbati, tarixiy xotiraga hurmatini yanada mustahkamlaydi, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaydi.
Biz kelajak shifokorlarining nafaqat ilmiy bilimli, balki tarix va millat qadriyatlarini anglaydigan, yuksak ma’naviyatli shaxslar bo‘lib yetishishini qo‘llab-quvvatlaymiz.



