Yangiliklar

Adabiyot kechasi: Ijod va ilhom uyg‘unligi

05.05.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpoq adabiyotining ikki buyuk namoyandasi — O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Ibroyim Yusupov va xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida adabiy-ma’rifiy kechalar davom etmoqda.

Anatomiya kafedrasida tashkil etilgan tadbirlarda ulug‘ ijodkorlarning boy adabiy merosi, hayot yo‘li va milliy adabiyotdagi o‘rni keng yoritildi. Asarlaridan, qo‘shiqlar ijrosi, ma’naviy targ‘ibotlar orqali talabalar ijod olamiga yetaklandi.

Axborot resurs markazi rahbari Q.Nawrızboyeva va Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Erimbetova yosh avlodni buyuk adiblar asarlarini o‘rganishga, so‘z sehridan zavqlanishga chorladi.

Adabiyot — qalbga yo‘l, ijod — ilhom manbai. Bunday tadbirlar talabalarda milliy adabiyotga bo‘lgan mehrni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com