Yangiliklar

Qoraqalpoq adabiyotining ikki buyuk namoyandasi – Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovning…

05.05.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpoq adabiyotining ikki buyuk namoyandasi – Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovning 96 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kechalar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida keng nishonlanmoqda.

O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan institutning barcha kafedralarida bayram ruhida adabiy kechalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Tibbiy biologiya va mikrobiologiya kafedrasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy kechada yozuvchi va shoirning betakror hayot yo‘li, boy adabiy merosi, yozgan asarlarining mavzusi va milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ular tomonidan yaratilgan qo‘shiqlar va nasriy asarlar asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Kechada fakultet dekani N.Gayipbaev, Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenov kabi katta adabiy shaxslar ijodi yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi. U talabalarni buyuk ijodkorlarning asarlarini o‘qib, ularning ijodidan va so‘z ilhomidan zavqlanishga chorladi.

Ulug‘ shoir va adib xotirasiga bag‘ishlangan bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutidagi barcha fakultet va kafedralarda izchillik bilan o‘tkazilib, talaba-yoshlar qalbida adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlamoqda.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com