QTIda sayyor ochiq sud majlisi tashkil etildi
28.04.2025 ПоделитьсяQoraqalpog’iston tibbiyot institutida Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining sayyor ochiq sud majlisi o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, sudyalar, profilaktika inspektori, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Yig’ilish oldidan institutta amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoshlarda uchrayotgan jinoyatchilik haqida so’z yuritildi. Shuningdek, olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, huquqiy targ’ibotlar va profilaktika ishlari muhim ahamiyatga ega kasb etayotgani ta’kidlandi.
Sudya D.Srajatdinov tomonidan ochiq sud majlisi jarayonida jinoyatning huquqiy jihatlari haqida ishtirokchilarga malumotlar berdi.
Ochiq sud majlisining asosiy maqsadi – jinoyat sodir etilgan shaxsni aniqlash, sharmanda qilish emas, balki yoshlar ongida huquqbuzarliklarga nisbatan qarshi immunitet shakllantirish, qonunga hurmat bilan qarash va har qanday holatda ham befarq bo’lmaslikka da’vat qilishdan iborat.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube




