“Zakovat QUIZ” – Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari orasida kasalliklariga oid…
23.04.2025 Поделиться“Zakovat QUIZ” – Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari orasida kasalliklariga oid intellektual shou tashkil etildi!
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida navbatdagi yangicha formatdagi, bilim va ijobiy emotsiyalarga boy tadbir — “Zakovat QUIZ” intellektual o‘yini muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
O‘yning zamonaviy va interaktiv yondashuvi tadbirni yanada jonli va qiziqarli tarzda o‘tkazilishiga xizmat qildi.
O‘yinda talabalar jamoalari orasida raqobat shakillanib bir tan-u bir jon bo‘lib qatnashdi.
Jumladan:
1-o‘rin VEGA jamoasi
2-o‘rin Feniks jamoasi
3-o‘rin Antibiotik jamoalari egalladi.
“Zakovat QUIZ” nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazdi, balki jamoaviy ruh, fikr almashish va do‘stona muhitni mustahkamlashda katta rol o‘ynadi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar unutilmas taassurotlar, iliq kayfiyat va yangi ilhom bilan tark etdilar!


