Yangiliklar

Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xalqaro aloqalar doirasida akademik…

25.04.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xalqaro aloqalar doirasida akademik mobilliklarni ham amalga oshirmoqda.

Xususan, institut professor-o‘qituvchilarining chet el tajribasini joyiga borgan holda tajriba almashishi bilan birga chet ellik professorlarning ham institutimizga kelishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, Xo‘ja Ahmad Yassaviy Xalqaro Qozoq Turk universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama rejaga muvofiq professor Ajaev Sovet 25-26-aprel oralig‘ida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘qitishga institutga keldi.

Professor S.Ajaev institutning «Pediatriya ishi» va «Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishlarining 1-kurs talabalariga «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» fanidan ma’ruza soatlarini o‘tkazdi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com