«Stresslarsiz bir kun» psixologik treningi 💆♀️
03.04.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kurs talaba qizlari uchun psixologik trening tashkil etildi. Ushbu trening xotin-qizlar psixologi M.Ismailova tomonidan olib borildi.
🔹 Treningning asosiy maqsadi – talabalarni stressni boshqarish, diqqatni jamlash va hissiy barqarorlikka o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
🔹 Trening davomida qizlar quyidagi texnikalar yordamida o‘z psixologik holatini yaxshilashdi:
☂️ «Soyabon» – tashqi omillardan himoyalanish va ichki xotirjamlikni saqlash mashqi.
🎨 «Ranglar gapiradi» – ranglar orqali his-tuyg‘ularni tushunish va ifodalash texnikasi.
🎯 «Diqqatni jamlash» – fikrlarni tartibga solish va stressni kamaytirishga yo‘naltirilgan usul.
📌 Trening natijalari:
✅ Talabalar stressni yengish va hissiy barqarorlikni saqlash bo‘yicha foydali ko‘nikmalar oldi.
✅ Diqqat-e’tiborni jamlash va hayotiy muammolarga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rganishdi.
✅ Jamoaviy muhitda psixologik yengillik his etishdi.
💬 Trening ishtirokchilari o‘z fikrlari bilan bo‘lishib, bunday mashg‘ulotlar doimiy ravishda o‘tkazilib turishini istashlarini bildirishdi.
⚙️ Stresssiz va xotirjam hayot sari bir qadam!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



